Madridning "Real" klubi ijtimoiy tarmoqlarda Niderlandiyalik sobiq futbolchi va murabbiy Ronald Kumanga hamdardlik bildirdi. Kumandning rafiqasi vafot etgan.
"Klubimiz, prezidentimiz va direktorlar kengashi chuqur qayg‘uda. Oilasi va yaqinlariga ta’ziya va qo‘llab-quvvatlashimizni bildiramiz. Joylari jannatda bo‘lsin", — deyiladi "Real" bayonotida.
Bartina Kuman 15 sentyabr kuni 65 yoshida vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, Ronald Kuman avvalroq "Barselona" bosh murabbiyi sifatida ishlagan.
Ispaniya chempionatining olti turidan so‘ng "Real" turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam "Barselona"dan uch ochko ortda qolmoqda.













