Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Rednapp: "Nega "MYU" Grossni sotib olmadi?"

Rednapp: "Nega "MYU" Grossni sotib olmadi?"

Baho:
+ | -

"Liverpul" sobiq yarim himoyachisi Jeymi Rednapp "Manchester Yunayted"ning Angliya Liga kubogida "Brayton"ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan o‘yinini sharhladi.

""Brayton" 0:2 hisobida ortda qolayotganida, ular uchun o‘yin juda qiyin kechadigandek tuyulgan edi.

Ammo kutilmaganda jamoa o‘z ritmini topdi. Paskal Gross maydonda, shubhasiz, eng yaxshi futbolchi bo‘ldi. U o‘yinni boshqardi va "Manchester Yunayted" yarim himoyasi ustidan ustunlik qildi.

Uning o‘yinini ko‘rib, bir savol tug‘iladi: nega "Yunayted" uni Andrey Santos yoki Yuri Tilemans kabi futbolchilar o‘rniga sotib olmadi?

"Old Trafford"da 0:2 hisobidan qaytish deyarli imkonsiz. Ammo "Brayton" raqibidan yaxshiroq ko‘rindi — jamoa jismoniy jihatdan ancha tayyor va agressivroq harakat qildi.

"Manchester Yunayted" esa o‘ziga ortiqcha ishongan, bir vaqtning o‘zida ayanchli va dahshatli ko‘rindi. "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindagi voqealardan keyin ular o‘zlariga keladi, deb o‘ylagandik, ammo bunday bo‘lmadi", — dedi Rednapp.

Kiritildi: 11:52, 17.09.2026.
O'qildi: 924 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик