Ispaniyalik yarim himoyachi Rodri o‘tgan yozda «Manchester Siti»dan «Barselona»ga o‘tishining tafsilotlari haqida gapirib berdi. Dastlab Rodriga asosiy da’vogar «Real» edi. Futbolchining ta’kidlashicha, Joze Mourinyo u bilan shaxsan gaplashgan va uni jamoada qanchalik ko‘rishni xohlayotganini aniq tushuntirgan.
«Men unga juda yaxshi munosabatdaman. «Barselona»ga o‘tish haqida qaror qabul qilganimda, ko‘rsatgan qiziqishi va bunday munosabati uchun minnatdorchilik bildirish maqsadida unga qo‘ng‘iroq qildim», — dedi Rodri Mundo Deportivo nashriga.
«Barselona»ga o‘tganidan so‘ng Rodri yangi jamoasi tarkibida oltita o‘yin o‘tkazdi. Yarim himoyachi hozircha mahsuldor harakatlari bilan ajralib turmadi.













