Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Inter» himoyachisi Stounsda muammo aniqlandi

«Inter» himoyachisi Stounsda muammo aniqlandi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubida to‘p tepayotgan angliyalik himoyachi Jon Stouns sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammoga duch keldi. Bu haqda insayder Janluka Di Marsio xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, tajribali futbolchida mushak cho‘zilishi aniqlangan. Stounsning holati va tiklanish muddati bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar yaqin bir necha kun ichida ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.

32 yoshli himoyachi o‘tgan yozda erkin agent sifatida «Inter» safiga qo‘shilgan edi. U «neradzurri» bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Stouns joriy mavsum Italiya Seriya Asida 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

Kiritildi: 15:56, 17.09.2026.
O'qildi: 707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик