19-sentyabr kuni Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida qit’aning eng nufuzli sport musobaqasi — Osiyo o‘yinlariga start beriladi. 4-oktyabrgacha davom etadigan XX Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston boks terma jamoasi 11 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.
To‘lqin Qilichev boshchiligidagi O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 2–16-sentyabr kunlari Yaponiyaning Nisio shahridagi sport bazasida xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida musobaqaga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini o‘tkazdi.
Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini quyidagi erkak bokschilar himoya qiladi:
55 kg: Samandar Olimov
60 kg: Abdumalik Xalokov
70 kg: Shavkatjon Boltayev
80 kg: Fazliddin Erkinboyev
90 kg: To‘rabek Xabibullayev
+90 kg: Jahongir Zokirov
Bosh murabbiy: To‘lqin Qilichev
Murabbiylar: Xuan Enrike Steyners, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Davron G‘afurov, Nodir G‘ulomov, Alimardon Dostonov, Sherzodbek Ahmadjonov.
Shuningdek, turnirda Elshod Rasulov boshqaruvidagi ayollar terma jamoasi ham to‘liq tarkibda ishtirok etadi.
Ayollar o‘rtasida esa quyidagi bokschilar O‘zbekiston sharafini himoya qiladi:
-51 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-60 kg: Sitora Turdibekova
-65 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Aziza Zokirova
Bosh murabbiy: Elshod Rasulov
Murabbiylar: Barbaro Fernandez Ximenez, Islom Tadjiboyev, Azim Xudayqulov.
Jamoa rahbari: Mirshohid Tillaboyev
Shifokor: Komiljon Rasulov
Fizioterapevt: Xesus Alberto
Shu tariqa, O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida boks bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida jami 11 nafar sportchi bilan qatnashadi.
Ma’lumot uchun, 20-Osiyo o‘yinlari 19-sentyabrdan 4-oktyabrgacha Yaponiyada bo‘lib o‘tadi. Musobaqada Osiyo olimpiya kengashiga a’zo 45 ta milliy olimpiya qo‘mitasidan sportchilar va rasmiy delegasiyalar ishtirok etadi. Turnida 43 ta sport turining 70 ta yo‘nalishida 468 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi.













