Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messi va Ronaldu ham bu noyob ro‘yxatga kira olmagan

Messi va Ronaldu ham bu noyob ro‘yxatga kira olmagan

Baho:
+ | -

La Liga tarixida o‘zi to‘qnash kelgan barcha jamoalar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati e’tiborga molik ko‘rinish olgan.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Karim Benzema yetakchi — fransuz hujumchisi Ispaniya chempionatida to‘qnash kelgan 35 ta raqibning barchasiga gol urgan.

Undan keyin Ugo Sanches 33 ta, Luis Suares va Luis Aragones esa 31 tadan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Kilian Mbappe ham hozircha La Ligada o‘zi to‘qnash kelgan 23 ta jamoaning barchasiga gol urishga erishgan.

Qizig‘i, Lionel Messi bu ko‘rsatkichni qayd eta olmagan — u "Real Mursiya" va "Xeres" darvozasini ishg‘ol qilmagan. Krishtianu Ronaldu esa La Ligada to‘qnash kelgan jamoalar orasida faqat "Leganes"ga gol ura olmagan.

Kiritildi: 16:11, 17.09.2026.
O'qildi: 1930 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик