Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro

Tilemans «MYU»ning «Brayton»ga qarshi mag‘lubiyati sababini aytdi

Tilemans «MYU»ning «Brayton»ga qarshi mag‘lubiyati sababini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Yuri Tilemans Angliya Liga kubogida «Brayton»ga 2:3 hisobida boy berilgan uchrashuvda jamoaning qayerda xatoga yo‘l qo‘yganini tushuntirdi.

«MYU» Shi Leysi va Meyson Mauntning dastlabki 10 daqiqada urgan gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan edi. Biroq keyinchalik «Brayton» uchta gol urib, «Old Trafford»da g‘alabani ilib ketdi.

«O‘yinni juda ijobiy boshladik, ammo birinchi bo‘lim oxirida gol o‘tkazib yubordik. Shundan keyin ritmimizni biroz yo‘qotdik va orqaga haddan tashqari chekinib qoldik», — dedi Tilemans MUTVga.

Mazkur uchrashuvda sardorlik bog‘ichi ishonib topshirilgan belgiyalik futbolchi yakshanba kuni Premyer-ligadagi muhim bahs oldidan jamoani birlashishga chaqirdi.

«Biz jamoa sifatida birgalikda kuchli bo‘lishimiz kerak. Yakshanba kuni juda muhim o‘yin bor. Bu Premyer-liga uchrashuvi va unda o‘zimizni tiklab, munosib javob qaytarishimiz hamda tanaffus oldidan ijobiy natija bilan yakunlashimiz kerak», — dedi Tilemans.

Kiritildi: 17:26, 17.09.2026.
O'qildi: 742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик