Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro

"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Rinkon butsalarini mixga ildi

"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Rinkon butsalarini mixga ildi

Baho:
+ | -

Venesuela terma jamoasi yarim himoyachisi Tomas Rinkon professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

"Ko‘p yillar davomida hayotimning bir qismi bo‘lgan bosqichni yakunlash vaqti keldi. Professional futbol bilan xayrlashish men uchun nimani anglatishini so‘z bilan ifodalash oson emas.

Bolaligimdan muvaffaqiyatga erishishni orzu qilardim, ammo bu yo‘l menga qanchalik ko‘p narsani his qilish va boshdan kechirish imkonini berishini hech qachon tasavvur qilmaganman.

Tug‘ilib o‘sgan yurtimni namoyon etish imkoniyatini hech qachon oddiy hol deb qabul qilmaganman. Maydonga har safar chiqqanimda bor kuchimni berganimni bilib, xotirjam ketyapman.

Bugun futbolchi sifatidagi bosqichim yakunlandi, ammo futbol bilan munosabatim emas. Buning iloji ham yo‘q", — dedi Rinkon.

Tomas Rinkon faoliyatini Venesuelada boshlagan, keyin esa besh yil davomida "Gamburg" safida o‘ynagan.

U Italiyada "Jenoa", "Yuventus", "Torino" va "Sampdoriya" klublari sharafini himoya qildi. Rinkon "Yuventus" bilan 2016/17 yilgi mavsumda Italiya chempionati va mamlakat kubogida g‘olib chiqqan.

Futbolchi faoliyatining so‘nggi bosqichini 2023–2026 yillarda "Santos"da o‘tkazdi va 2024 yilda Braziliya B Seriya musobaqasida chempion bo‘ldi.

38 yoshli Rinkon Venesuela terma jamoasi safida 134 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:01, 17.09.2026.
O'qildi: 550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик