"Barselona" hujumchisi Karim Adeyemi bosh murabbiy Xans-Diter Flik undan maydonda nimalar talab qilayotganini aytib berdi.
24 yoshli futbolchi joriy mavsumda 7 ta uchrashuvda 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Flik mendan erkin o‘ynashni, tezligim va to‘psiz harakatlanish qobiliyatimdan maksimal darajada foydalanishni xohlaydi. Murabbiy yakkakurashlarda g‘olib chiqishimni va jamoaviy kombinasiyalarda faol ishtirok etishimni kutyapti. Men ham bularning barchasini bajarishga harakat qilyapman.
Gol urish va golli uzatmalar berish, albatta, juda yoqimli. Ammo eng muhimi — o‘yinlarda g‘alaba qozonish", — deya Adeyemining so‘zlarini Barca Universal keltirdi.
Karim Adeyemi o‘tgan yozda Dortmundning "Borussiya" klubidan "Barselona"ga 22 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.













