Myunxenning "Bavariya" klubi hozirda "Liverpul" safida to‘p surayotgan germaniyalik vinger Florian Virsga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotmagan. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Germaniya grandi futbolchining mersisaydliklar safidagi holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Biroq Bundesliga chempioni hozircha ehtimoliy transfer bo‘yicha rasmiy taklif kiritishni rejalashtirmayapti.
23 yoshli futbolchi o‘tgan yil yozida Leverkuzenning "Bayer" klubidan "Liverpul"ga ko‘chib o‘tgan va besh yillik shartnoma imzolagan. Uning transfer qiymati 100 million yevro atrofida baholanmoqda.
Joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida Virs 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













