Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Tuxel Maynu borasidagi qarorlari uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi

Tuxel Maynu borasidagi qarorlari uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi Ispaniya, Chexiya va Xorvatiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan navbatdagi xalqaro uchrashuvlar uchun tarkibini rasman e’lon qildi. Ro‘yxatdan yarim himoyachi Kobbi Maynu ham joy oldi.

Bosh murabbiy Tomas Tuxel futbolchining jahon chempionatidagi maqomi bo‘yicha avval qabul qilingan qarorlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

«U jahon chempionatida hech qanday xato qilmadi. Bu to‘liq mening qarorim edi.

U o‘zini juda munosib tutdi va mashg‘ulotlarda ham yuqori saviyada ishladi. Bu katta musobaqa edi, ammo baribir javobgarlik menda», — dedi Tuxel.

Angliya termasi bosh murabbiyi Maynuning yaqin uchrashuvlarda maydonga tushishi mumkinligini ham ta’kidladi.

«U maydonga tushishini kutyapman. Buni ta’minlash — mening vazifam», — dedi Tuxel.

Kiritildi: 17:06, 18.09.2026.
O'qildi: 760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик