Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Yamalga Busketsning so‘zlari jiddiy ta’sir qilgan

Yamalga Busketsning so‘zlari jiddiy ta’sir qilgan

Baho:
+ | -

«Barselona» vingeri Lamin Yamal Serxio Buskets unga jiddiy saboq bergan voqeani esladi.

"Bir kuni yoshligimizda qandaydir ahmoqona ish qilib qo‘yganimiz uchun terma jamoadan uch haftaga chetlatildim. Keyin asosiy jamoa mashg‘ulotiga borganimda, Buskets meni ushlab: «Terma jamoada nima qilding?» deb so‘radi.

U juda jiddiy edi. Men hali bola edim va rostini aytsam, qo‘rqib ketdim. Nima bo‘lganini unga aytib berdim. Shunda u: «Endi sen «Barselona»dasan. Hamma seni taniydi. Qanchalik yaxshi futbolchi bo‘lishingdan qat’i nazar, o‘zingni qanday tutishni bilishing kerak», dedi.

Shu voqeadan keyin hayotimni butunlay o‘zgartirdim va o‘zimni futbolga bag‘ishladim. Hech qayerga chiqmay qo‘ydim. Mashg‘ulot qildim, futbol o‘ynadim, dam oldim va onamnikiga bordim. Bor e’tiborimni futbolga qaratdim. Faqat futbol, futbol va yana futbol, — dedi Yamal.

 

Kiritildi: 20:18, 18.09.2026.
O'qildi: 1475 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик