«Barselona» vingeri Lamin Yamal jamoasiga Chempionlar ligasida jiddiy qiyinchilik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan bir nechta klubni tilga oldi.
"Biz uchun «Bavariya» va «PSJ» kabi jamoalarga qarshi o‘yinlar qiyinroq. Chunki ular jismonan kuchli va seni ko‘p yugurishga majbur qiladi.
Butun uchrashuv davomida diqqatni yuqori darajada saqlash kerak. «Arsenal» bilan o‘yin esa boshqacha. Ularda taktika va to‘p nazoratiga ko‘proq e’tibor qaratiladi.
Menimcha, «PSJ» Chempionlar ligasining asosiy favoritlaridan biri. Ammo ular uchun eng qiyin vazifa — qo‘lga kiritilgan sovrinni himoya qilish.
Futbolda bundan qiyinroq narsa yo‘q. G‘alabalardan keyin biz ham xotirjamlikka berilib qo‘yishimiz mumkinligidan xavotirdaman", — dedi Yamal.













