Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Tuxel: "Trent va Palmer termadagi o‘rni uchun o‘zini isbotlashi kerak"

Tuxel: "Trent va Palmer termadagi o‘rni uchun o‘zini isbotlashi kerak"

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Koul Palmer va Trent Aleksander-Arnoldning milliy jamoaga chaqirilishi haqida fikr bildirdi.

"Koul yana yaxshi statistika ko‘rsatmoqda, golli uzatmalar va hal qiluvchi gollar qayd etyapti. Uning isbotlashi kerak bo‘lgan jihatlari bor. Trentga ham xuddi shu gap tegishli.

Ular terma jamoa yig‘iniga kelib, o‘zlarining eng yaxshi versiyasini ko‘rsatishi kerak", — dedi Tuxel.

Murabbiydan Trentdan nimani kutayotgani so‘ralganda, u quyidagicha javob berdi:

"U o‘zini ko‘rsatishi kerak. Bor gap shu. U jahon chempionatida biz bilan emasdi, biz boshqa futbolchilarga ishonch bildirdik. Men hali ham o‘sha qarorimni himoya qilishga tayyorman.

Endi uning tarkibdan joy olish uchun kurashish vaqti keldi. Uning isbotlashi kerak bo‘lgan jihatlari bor. Yig‘in uzoq davom etadi va ishonchim komilki, u o‘zini ko‘rsata oladi.

Terma jamoaga chaqirilish va unga qaytish uchun yo‘llanma olish — bir masala. Angliya terma jamoasi safida maydonga tushish esa butunlay boshqa masala.

Futbolchilar endi jamoaga qaytganidan so‘ng o‘zini isbotlashi va tarkibdagi o‘rnini mustahkamlab olishi kerak", — dedi Tuxel.

Kiritildi: 21:54, 18.09.2026.
O'qildi: 832 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик