Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Bundesliga. «Bavariya» «Union»ni yirik hisobda mag‘lub etdi: Olisedan xet-trik, Keyndan dubl (videosharh)

Bundesliga. «Bavariya» «Union»ni yirik hisobda mag‘lub etdi: Olisedan xet-trik, Keyndan dubl (videosharh)

Baho:
+ | -

Germaniya Bundesligasining 4-turidan o‘rin olgan «Bavariya» va «Union» o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Myunxendagi «Arena Myunxen» stadionida o‘tkazilgan bahsda mezbonlar 7:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv bosh hakami vazifasini Benyamin Brand bajardi.

Hisob 18-daqiqada ochildi — «Bavariya» yarim himoyachisi Jamal Musiala jamoasini oldinga olib chiqdi. 39-daqiqada Xarri Keyn penaltini aniq amalga oshirib, myunxenliklarning ustunligini oshirdi. Bu ingliz hujumchisining Bundesligadagi 100-goli bo‘ldi.

Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Maykl Olise «Bavariya»ning uchinchi golini urdi. 54-daqiqada Keyn yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, dubl qayd etdi.

70-daqiqada «Bavariya» yarim himoyachisi Ismael Saybari hisobni 5:0 ko‘rinishiga keltirdi. 73-daqiqada Olise ushbu uchrashuvdagi ikkinchi golini urdi. Yana uch daqiqa o‘tib, fransuz futbolchisi xet-trik rasmiylashtirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 7:0.

Bundesligadagi to‘rtta uchrashuvdan so‘ng «Bavariya» 10 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. «Union» esa bir ochko bilan 16-pog‘onada.

Keyingi uchrashuvini «Bavariya» 10 oktyabr kuni safarda «Augsburg»ga qarshi o‘tkazadi. «Union» ham shu kuni o‘z maydonida «Elfersberg»ni qabul qiladi.

Bundesliga. 4-tur
«Bavariya» — «Union» — 7:0
Gollar: Musiala, 18; Keyn, 39 (pen.), 54; Olise, 43, 73, 76; Saybari, 70.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:41, 19.09.2026.
O'qildi: 985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик