Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Xarri Keyn Bundesligadagi 100-golini urdi va ushbu natijaga turnir tarixida boshqalardan ko‘ra tezroq erishdi.
Ingliz hujumchisi bu natijani Bundesliganing 4-turida «Union»ga qarshi uchrashuvda qayd etdi. Myunxendagi «Arena Myunxen» stadionida o‘tkazilgan bahsda Keyn 39-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi.
100 ta gol urish uchun futbolchiga 98 ta o‘yin kifoya qildi. Shu tariqa, Keyn Bundesligada 100 gollik marraga eng tez yetgan futbolchiga aylandi.
Uchrashuv «Bavariya»ning 7:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Keyn bahsda dubl qayd etdi.
Bundesligadagi to‘rtta turdan so‘ng «Bavariya» 10 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. «Union» esa bir ochko bilan 16-pog‘onada.
Bundesliga. 4-tur
«Bavariya» — «Union» — 7:0
Gollar: Musiala, 18; Keyn, 39 (pen.), 54; Olise, 43, 73, 76; Saybari, 70.













