2022 yilda «Manchester Yunayted» bilan xayrlashganidan so‘ng Krishtianu Ronaldu Angliya Premyer-ligasining yana bir klubi — «Chelsi»ga o‘tishga yaqin bo‘lgan.
London klubi egasi Todd Byoli portugaliyalik yulduzni jamoasida ko‘rishni juda istagan. U o‘sha paytda «Chelsi»ni endigina sotib olgan va klubga katta nomli futbolchini jalb qilishni xohlagan.
The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, Byoli hatto Ronalduning agenti Jorje Mendesh bilan shaxsan uchrashib, ehtimoliy transferni muhokama qilgan.
Biroq bu tashabbus o‘sha paytda «Chelsi»ni boshqargan Tomas Tuxel tomonidan qat’iy rad etilgan. Nemis mutaxassisi Ronaldu transferiga rozilik bermagan.
Shundan keyin Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l oldi va hozir ham u yerda faoliyat olib bormoqda.













