"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Serxio Aguero "shaharliklar"ning o‘tgan yozdagi transfer kampaniyasi haqida fikr bildirdi.
Agueroning ta’kidlashicha, murabbiy almashganidan keyin tarkibda ko‘plab o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy hol, chunki har bir mutaxassis futbolga nisbatan o‘z qarashlariga ega.
"Menga "Siti" xarid qilgan futbolchilar juda yoqdi. Yangi o‘yinchilarni yangi tizimga moslashtirish oson emas, ammo menimcha, vaqt o‘tishi bilan "Siti" yana barcha sovrinlar uchun kurasha oladigan jamoaga aylanadi", — deya Agueroning so‘zlarini Stake Football keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasida "Manchester Siti" Enso Fernandes, Elliot Anderson, Ayyub Buaddi, Iliman Ndiaye, Allan va boshqa futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Umuman olganda, Angliya grandi yangi futbolchilar uchun 500 million yevrodan ortiq mablag‘ sarfladi.













