O‘zbekiston Superligasida bugun, 19 sentyabr kuni 22-tur bahslari davom ettiriladi.
Kun doirasida ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Dastlab soat 18:00 da "Mash’al" o‘z maydonida chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Paxtakor"ni qabul qiladi.
Soat 20:15 da esa "Bunyodkor" va "Buxoro" jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.
Ayni paytda "Paxtakor" 21 ta o‘yindan keyin 46 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. "Buxoro" 34 ochko bilan beshinchi, "Bunyodkor" 19 ochko bilan 15-, "Mash’al" esa 4 ochko bilan 16-pog‘onada joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, 22-turning ilk uchrashuvida "Navbahor" Samarqandning "Dinamo" jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etgan edi.
19 sentyabr. 22-tur:
"Mash’al" — "Paxtakor" — 18:00
"Bunyodkor" — "Buxoro" — 20:15













