O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev to‘p surayotgan "Istanbul Bashakshexir" bugun Turkiya Superligasida navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi.
Istanbulliklar chempionatning 6-turida o‘z maydonida "Genchlerbirligi"ni qabul qiladi. Uchrashuv "Bashakshexir Fatih Terim" stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
"Bashakshexir" o‘tgan turda "Amedspor" mehmoni bo‘lib, 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. O‘sha bahsda Shomurodov ham, Fayzullayev ham asosiy tarkibda maydonga tushgan.
Joriy mavsumda Shomurodov Turkiya Superligasida 4 ta gol urgan bo‘lsa, Fayzullayev 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Turkiya Superligasi, 6-tur
"Istanbul Bashakshexir" — "Genchlerbirligi"
19 sentyabr, 22:00 (Toshkent vaqti)













