Angliya chempionatiga qaytgan Maykl Antonio olti oyga haydovchilik huquqidan mahrum qilindi. Bundan tashqari, u 1000 funt sterling miqdorida jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.
Bunday jazoga futbolchining YTHga uchragan Lamborghini avtomobilini voqea paytida kim boshqargani haqida rasmiylarga o‘z vaqtida ma’lumot bermagani sabab bo‘ldi.
Sud materiallariga ko‘ra, «Uotford» futbolchisi nomiga rasmiylashtirilgan Lamborghini Urus 2025 yil noyabr oyida Londonda yo‘l-transport hodisasiga uchragan.
Sudda ko‘rsatma bergan «Vest Xem»ning sobiq futbolchisi avtomobilni o‘sha paytda Manchesterda bo‘lgani uchun amakivachchasiga berib turganini aytgan.
Keyinchalik polisiya futbolchiga mazkur qoidabuzarlik bo‘yicha ma’lumot taqdim etishni so‘rab xat yuborgan. Antonioning ta’kidlashicha, u bu xatni umuman olmagan.













