Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Aguero Ronalduning 1000 ta gol urish imkoniyatiga baho berdi

Aguero Ronalduning 1000 ta gol urish imkoniyatiga baho berdi

Baho:
+ | -

Argentinalik mashhur sobiq futbolchi Serxio Aguero Krishtianu Ronalduning faoliyatida 1000 ta gol urish maqsadi haqida fikr bildirdi.

Ayni paytda «An-Nasr» safida to‘p surayotgan 41 yoshli portugaliyalik futbolchi hisobida 979 ta gol bor.

«Ronaldu yana qancha vaqt futbol o‘ynashini bilmayman, ammo unga atigi 21 ta gol qoldi. Menimcha, u bu natijaga albatta erisha oladi. Mavsum tugagach, faoliyatini davom ettiradimi-yo‘qmi, rejalari qanday — buni bilmayman.

Gol urish unchalik oson emas, ammo u doimiy ravishda buni uddalab kelyapti. Bu jihatdan Ronaldu Leo Messiga o‘xshaydi — u maydonda bo‘lsa, gol urish ehtimoli doimo yuqori bo‘ladi. Agar yana bir mavsum qolsa, menimcha, 1000-golga yetadi», — deya Agueroning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda 7 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan.

Kiritildi: 12:31, 19.09.2026.
O'qildi: 733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик