Darvozabon Emiliano Martinesning «Chelsi» safidagi dastlabki o‘yinlari u qadar muvaffaqiyatli kechmayapti.
Londonliklar juma kuni Angliya Premyer-ligasi doirasida «Brentford»ga 0:3 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. Uchala gol ham ikkinchi bo‘limda kiritildi.
Shu tariqa, argentinalik darvozabon «Chelsi» safidagi dastlabki to‘rt uchrashuvida jami 10 ta gol o‘tkazib yubordi. Bu har bir o‘yinga o‘rtacha 2,5 tadan gol to‘g‘ri keladi, degani.
Emiliano Martines avgust oyi oxirida «Aston Villa»dan Xabi Alonso boshqarayotgan «Chelsi»ga o‘tgan edi. 34 yoshli darvozabon 2020 yildan buyon «Aston Villa» sharafini himoya qilib kelayotgandi. Uning transfer qiymati 8,75 million yevroni tashkil etdi.
«Chelsi» joriy Premyer-liganing dastlabki besh turidan so‘ng 7 ochko jamg‘argan.













