«Bavariya» sport bo‘limi rahbari Maks Eberl «Barselona» futbolchisi Lamin Yamalning «Oltin to‘p» haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi.
19 yoshli vinger mukofot eng ko‘p gol urgan futbolchiga emas, balki «dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi»ga berilishi kerakligini aytgan edi. Gollar soniga urg‘u berilgani jamoatchilik tomonidan «Oltin butsa» sohibi va «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlardan biri sanalgan Garri Keynga qaratilgan ishora sifatida qabul qilindi.
«Eng yaxshi futbolchilar — bu piar-kampaniyaga muhtoj bo‘lmagan o‘yinchilardir», — dedi Eberl. Uning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano keltirdi.
«Maykl Olise ham asosiy da’vogarlar qatorida bo‘lishi kerak, chunki u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri», — deya qo‘shimcha qildi «Bavariya» funksioneri.
«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













