«Barselona» vingeri Lamin Yamal kelajakda boshqa pozisiyada o‘ynashga tayyor yoki tayyor emasligi haqida fikr bildirdi.
19 yoshli futbolchi vaqt o‘tishi bilan, xuddi bir paytlar Lionel Messi kabi, markazga yaqinroq pozisiyaga o‘tishi mumkinligi ko‘p muhokama qilinadi.
«Faoliyatim davomida doim vinger bo‘lib qolamanmi? Bilmayman. Qanotda qolamanmi yoki biroz chuqurroq harakat qilamanmi — buni vaqt ko‘rsatadi. Ammo bir narsa aniq: men har doim hujumda o‘ynayman.
Markazga siljib harakat qiladigan vinger roli men uchun juda qulay. Lekin, menimcha, endi biz faqat qanotga bog‘lanib qolgan, to‘pni jarima maydoniga uzatadigan, raqibni aldab o‘tadigan va pas beradigan 16 yoshli Laminni ko‘rmaymiz», — dedi Yamal.
Joriy mavsumda ispaniyalik yosh futbolchi 7 ta o‘yinda 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













