«Barselona»ning sobiq hujumchisi Serxio Aguero kataloniyaliklarning yangi forvardi Gabriel Jezus haqida fikr bildirdi.
«Gabriel — yaxshi futbolchi. U o‘ziga bo‘lgan ishonchni to‘liq his qilib, muntazam gol ura boshlasa, «Barselona» muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘sha oladi.
U jismonan baquvvat va yuqori pressingda faol harakat qiladigan futbolchi. Bu esa Flikka juda yoqadi. Shu jihatdan u Alvaresga o‘xshaydi. Menimcha, bu juda omadli transfer», — dedi Aguero Stake Football'ga bergan intervyusida.
«Barselona» Gabriel Jezusni «Arsenal»dan 10 million yevroga sotib oldi. Ispaniyaga ko‘chib o‘tganidan so‘ng braziliyalik hujumchi barcha musobaqalarda 3 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi.
29 yoshli futbolchining «Barselona» bilan shartnomasi 2029 yilga qadar amal qiladi.













