Yaqinda Fransiya terma jamoasining Zinedin Zidan tomonidan tanlangan yangi tarkibi e’lon qilindi. 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimini egallagan mutaxassis jurnalistlar bilan suhbatda sardorlik bog‘ichi masalasiga ham oydinlik kiritdi.
Zidanning aytishicha, sardorlik bog‘ichi Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappeda qoladi.
«Ha, u mening futbolchim va mening sardorim bo‘ladi. Bu yerda hammasi aniq», — deya Zidanning so‘zlarini RMC Sport keltirdi.
Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasi safida 106 ta o‘yin o‘tkazib, 66 ta gol urdi va 44 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
27 yoshli hujumchi milliy jamoa bilan jahon chempionati va UEFA Millatlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.













