«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal kataloniyaliklarning asosiy raqibi bo‘lmish Madridning «Real» klubi o‘yinlarini kuzatishga harakat qilishi, ammo barcha o‘yinlarni tomosha qila olmasligini aytib berdi. Yamal buning sababi «qaymoqranglilar»ning mag‘lubiyatini doimo kutishi bilan bog‘liqligini tan oldi.
«Albatta, «Real»ning o‘yinlarini ham kuzatib boraman. Ammo muammo shundaki, ularning o‘yinini tomosha qilayotganda, har doim mag‘lub bo‘lishlarini xohlaysan. Shu sababli ba’zida o‘yinni shunchaki ko‘rmayman, chunki aks holda o‘tirib olib, ularning mag‘lubiyatini kutishimga to‘g‘ri keladi», — dedi Yamal Movistar nashriga.
Lamin Yamal — «Barselona» tarbiyalanuvchisi. Ushbu mavsumda u klub safida yettita o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va to‘rtta golli uzatmaga mualliflik qildi.













