«Barselona»ning braziliyalik futbolchisi Rafinya Dias Saudiya Arabistoni chempionatidan tushgan taklifni rad etganini aytib berdi.
«Menga va oilamga hayotimizni o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan juda manfaatli taklif tushdi. Raqamlar juda jozibador edi. Ammo agar klub mening qolishimni xohlasa, men buni his qilaman. Men bu yerda imkon qadar uzoqroq qolish niyatidaman. «Barselona» mening hayotimning mazmuniga aylandi», — dedi Rafinya RAC1 nashriga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda 29 yoshli hujumchi barcha musobaqalarni inobatga olganda yettita uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 11 bor ishg‘ol etdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Rafinyaning «Barselona» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.













