Lamin Yamal Argentinaga qarshi kechgan jahon chempionati finalida Ispaniya terma jamoasining g‘alaba goliga qanday ta’sir ko‘rsatganini aytib berdi.
19 yoshli vinger qo‘shimcha vaqtda Ferran Torres tomonidan urilgan goldan oldin o‘ziga ikkita himoyachini tortganini, buning evaziga Pedro Porro uzatma oshirish uchun bo‘sh hududga ega bo‘lganini ta’kidladi.
«Odamlar buni sezishmaydi, ammo finalda Ferranning goli bo‘lgan vaziyatda men shunchaki to‘pni olib borayotgandim, menga tomon ikkita himoyachi chiqdi va Pedro Porro xotirjam uzatma oshira oldi. Men bunday narsalarni payqayman. Futbolni tushunadiganlar buni qadrlashadi», — dedi Yamal.













