Ayni paytda «Manchester Yunayted» bosh murabbiy Maykl Kerrikka o‘rinbosar izlayotganini ko‘rsatuvchi hech qanday alomat yo‘q. Hozircha 45 yoshli mutaxassisning «qizil iblislar»dagi ish o‘rni kafolatlangan. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Kerrikning klubdagi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilishda muhim rol o‘ynaydigan «Manchester Yunayted» sport direktori Jeyson Uilkoks barqarorlik tarafdori hisoblanadi.
16 sentyabr kuni «Manchester Yunayted» Angliya Liga kubogi 1/16 finalida «Brayton»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Kerrik shogirdlari uchrashuv davomida 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, ammo ustunlikni saqlab qola olmadi.
Angliya chempionatining dastlabki to‘rt turidan keyin «Manchester Yunayted» 4 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.













