UFC yengil vazn toifasi jangchisi Arman Sarukyan Iliya Topuriyaning Jastin Geydji bilan jangi paytida uning qo‘lqoplarida «qandaydir g‘alati narsa» bo‘lganiga shama qilgan so‘zlariga munosabat bildirdi.
«Shunchaki bahonalar. Komissiya vakillari unga boshqacha qo‘lqoplarni kiyishga qanday qilib ruxsat berishlari mumkin? Ular kiyinish xonasida bo‘lishadi va hamma narsani tekshirishadi. Bu shunchaki bahona. Sodir bo‘lgan narsani tan olish kerak. Qo‘lqoplar haqida gapirib, bahona qidirmasdan, avvalo o‘zing nimani noto‘g‘ri qilganingdan boshlashing lozim», — dedi Sarukyan.
Jastin Geydji va Iliya Topuriya 2026 yilning iyun oyida jang o‘tkazishgan edi. Jang Geydjining texnik nokaut evaziga qozongan g‘alabasi bilan yakunlangan.













