«AZ Alkmar»ning hujumkor yarim himoyachisi Kes Smit faoliyatini «Liverpul»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar Smitning o‘yinini anchadan buyon kuzatib kelmoqda va qishki transfer oynasida uni sotib olishga urinishi mumkin.
20 yoshli niderlandiyalik futbolchini jamoaga olib kelishga «Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola shaxsan qiziqish bildirmoqda. Mutaxassis Smitning o‘yin uslubi uning intensiv pressingga asoslangan talablariga mos tushadi, deb hisoblaydi.
Ehtimoliy transfer qiymati 60 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin.
Biroq Smitga Premyer-liganing boshqa bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda. Ular orasida «Chelsi», «Tottenxem», «Nottingem Forest», «Aston Villa», «Kristal Pelas» va «Brayton» bor.
Joriy mavsumda Kes Smit barcha musobaqalarda 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













