Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Barselona» 2026/27 mavsumi uchun 1,2 milliard yevro byudjet belgiladi

«Barselona» 2026/27 mavsumi uchun 1,2 milliard yevro byudjet belgiladi

Baho:
+ | -

«Barselona» 2025/26 mavsumi uchun moliyaviy hisobotlar va 2026/27 mavsum byudjetiga rasman tasdiq berdi.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, klubning odatiy faoliyatdan olgan daromadi rekord darajadagi 1,06 milliard yevroni tashkil qildi. Shu tariqa, «Barselona» o‘z tarixida ilk bor yillik daromad bo‘yicha 1 milliard yevrolik marrani bosib o‘tdi.

Klubning sport sohasiga yo‘naltirilgan xarajatlari operasion daromadning 53 foizini tashkil qildi. Taqqoslash uchun, 2020/21 mavsumda bu ko‘rsatkich 98 foizga yetgan edi.

Shuningdek, «Barselona» 2026/27 mavsumi uchun 1,195 milliard yevro miqdoridagi yangi rekord byudjetni rejalashtirgan.

Klub butun mavsum davomida «Kamp Nou»ga qaytishi ortidan qo‘shimcha ravishda taxminan 60 million yevro daromad olishni kutmoqda.

Rejaga ko‘ra, xarajatlar 111 million yevroga oshadi. Shunga qaramay, klub mavsumni 1 million yevro sof foyda bilan yakunlashni mo‘ljallamoqda.

Moliyaviy hisobotlar Assambleya ishtirokchilarining 88 foiz ovozi bilan ma’qullandi.

Kiritildi: 17:23, 19.09.2026.
O'qildi: 1012 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик