«Tottenxem» Premyer-liganing shanba kungi «Aston Villa»ga qarshi o‘yinini yakunlamoqda. 86-daqiqada Roberto de Dzerbi jamoasi obro‘ golini urgandek bo‘ldi. Konor Gallaxerning zarbasidan so‘ng tablodagi hisob 0:3 dan 1:3 ga o‘zgardi.
Faqat beshinchi turga kelib, u ham bo‘lsa o‘yin yakunida «Tottenxem» Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumidagi ilk golini urdi. Roberto de Dzerbi jamoasining chempionat startidagi «quruq» seriyasi yakunda 445 daqiqani tashkil etdi.













