"Tottenxem" Angliya chempionatining 5-turida o‘z maydonida "Aston Villa"ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Mehmonlar safida Joan Manzambi, Nikolas Jekson va Emiliano Buendiya gol urdi. Uchrashuv yakuniga yaqin Konor Gallaxer mezbonlar safida gol kiritib, "shporlar"ning APLning joriy mavsumidagi ilk goliga mualliflik qildi. Kompensasiya vaqtida esa Yan Paul van Xekke ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
"Tottenxem"ning chempionatdagi g‘alabasiz seriyasi beshta o‘yinga yetdi. Londonliklar bu uchrashuvlarda ikki marta durang o‘ynab, uch bor mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa 2 ochko bilan turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.
"Aston Villa" esa mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Birmingemliklar 4 ochko bilan 15-pog‘onada joylashgan.













