«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo shanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jamoa boshqaruvidagi dastlabki 100 kuni haqidagi savolga javob berdi.
— Dastlabki 100 kunlik faoliyatingizdan so‘ng o‘zingizga qanday baho qo‘yasiz?
— Mening bahom: qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Menimcha, mening holatimda gap faqat mashg‘ulotlar va o‘yinlar haqida emas, balki klubda futbolni shakllantirish jarayoniga ta’sir ko‘rsatish haqida ham bormoqda. Gap faqat mashg‘ulotlar va almashtirishlar haqida emas.
O‘zimga baho qo‘ymayman. U ideal ham, salbiy ham bo‘lishi kerak, deb o‘ylamayman. Ammo mening bahom shuki, qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Bor kuchim bilan harakat qildim. Va bundan keyin ham shunday davom etaman.
«Real» Ispaniya chempionatining dastlabki olti turida 15 ochko to‘plagan. Yakshanba kuni madridliklar safarda «Atletiko»ga qarshi o‘ynaydi.













