«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Atletiko»ga qarshi o‘yin oldidan faoliyati davomida guvoh bo‘lgan derbilar orasida qaysi biri unda katta taassurot qoldirgani haqida gapirdi.
«Bu savolga javob berish qiyin. Meni eng ko‘p hayratga solgani Milan derbisi bo‘ldi. Chunki ular o‘rtasida oz bo‘lsa-da, nafrat bor, deb o‘ylagandim.
Ammo «Inter» va «Milan» muxlislari o‘zaro yaxshi munosabatda ekanini ko‘rib hayron qoldim. Nafrat biroz shimolroqda joylashgan. Ko‘chada turli klublarning futbolkalarini kiygan erkak va ayolni birga ko‘rganman. Portugaliyada bunday bo‘lishi mumkin emas. Turkiya haqida esa umuman gapirmasa ham bo‘ladi!» — dedi Mourinyo matbuot anjumanida.













