Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Vengriya bilan o‘yinlarda bir g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etdi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Vengriya bilan o‘yinlarda bir g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etdi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yevropa safari doirasida Vengriyaga qarshi ikkita xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

17 sentyabr kuni Budapesht yaqinidagi Budayorsh shahrida bo‘lib o‘tgan dastlabki bahsda vakillarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golni 11-daqiqada Ilhomjon Hamroyev kiritdi.

Umuman, bahs davomida O‘zbekiston terma jamoasi sezilarli ustunlikka ega bo‘ldi. To‘p nazorati, raqib darvozasi tomon yo‘llangan zarbalar va yaratilgan xavfli vaziyatlar bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lgan vakillarimiz buni yakuniy hisobda ham aks ettirdi.

Bir kunlik tanaffusdan so‘ng, 19 sentyabr kuni jamoalar ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida yana maydonga tushdi. Bu safar «Aramis» sport zalida o‘tgan bahsda mezbonlar 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvni O‘zbekiston terma jamoasi faol boshlab, 6-daqiqada Abror Axmedzyanovning goli evaziga hisobni ochdi. Biroq oradan bir daqiqa o‘tib, Mate Kovachs Vengriyaga hisobni tenglashtirish imkonini berdi. Keyinchalik mezbonlar tashabbusni to‘liq o‘z qo‘llariga olib, yana to‘rtta gol urdi.

15-daqiqada Mate Yanosh Suschak Vengriyani oldinga olib chiqqan bo‘lsa, birinchi bo‘lim yakuniga qadar Zoltan Salmash va Madyari Chaba hisobni 4:1 ga yetkazdi. Ikkinchi bo‘limda Matyash Kaytar mezbonlarning beshinchi golini urdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqasida Behruz Samiyov O‘zbekistonning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Vengriyaga qarshi ikki uchrashuv yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bir g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etdi — 1:1.

Endi milliy terma jamoamizni Yevropa safarida Niderlandiyadagi bahslar kutib turibdi. O‘zbekiston va Niderlandiya futzal terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari 21 va 22 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

XALQARO O‘RTOQLIK UCHRASHUVLARI
17 sentyabr 2026 yil
Vengriya 0:1 O‘zbekiston
Gol: 0:1 — Ilhomjon Hamroyev, 11.

19 sentyabr 2026 yil

Vengriya 5:2 O‘zbekiston
Gollar: 0:1 — Abror Axmedzyanov, 6. 1:1 — Mate Kovachs, 7. 2:1 — Mate Yanosh Suschak, 15. 3:1 — Zoltan Salmash, 20. 4:1 — Madyari Chaba, 21. 5:1 — Matyash Kaytar, 35. 5:2 — Behruz Samiyev, 39.

Manba: @Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 21:42, 19.09.2026.
O'qildi: 954 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик