XXI asrda Ispaniya chempionatining dastlabki 7 turida kamida 12 ta gol urishga faqat Krishtianu Ronaldu va Rafinya muvaffaq bo‘lgan.
Bugun «Barselona» hujumchisi «Sevilya»ga qarshi safar uchrashuvida uchta gol urib, xet-trik qayd etdi. Kataloniyaliklar bahsda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ayni paytda Rafinyaning shaxsiy gollari soni «Sevilya»ning joriy chempionatda urgan gollaridan ham ko‘p. Shuningdek, braziliyalik futbolchi bu mavsum La Ligadagi 11 ta jamoadan ko‘proq gol urgan.
Hozir Rafinya hisobida 12 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.
XXI asrda mavsumning dastlabki 7 turida bunday natijaga erishgan yagona futbolchi Krishtianu Ronaldu edi. Portugaliyalik hujumchi 2014/15 mavsumida «Real» safida 13 ta gol urgan.
«Barselona»ning sobiq hujumchisi Lionel Messi esa 2017/18 mavsumida dastlabki 7 ta o‘yinda 11 ta gol kiritgan.













