Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alan Shirer APLning 5-turida «Arsenal»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan «Brayton» o‘yiniga yuqori baho berdi.
«Brayton»da bo‘lgan vaziyatlarni hisobga olsak, hisob yanada yirik bo‘lishi kerak edi. Ular «Arsenal»ni shunchaki yo‘q qildi. So‘nggi paytlarda bu gapni qanchalik tez-tez aytayapmiz? Bugun «Brayton» birinchi daqiqadan oxirigacha ajoyib o‘ynadi, har bir futbolchi o‘z hissasini qo‘shdi.
Ular kuchli edi, jismonan juda yaxshi tayyorlangandi va «Arsenal»ga qarshi dadil oldinga bordi. Hech narsadan qo‘rqishmadi va bu juda yaxshi ish berdi. Ular olti yoki yettita gol urishi ham mumkin edi.
«Brayton» har safar pressingga o‘tganida, barchasi mukammal chiqdi. Ular buni yakka tartibda emas, butun jamoa bo‘lib amalga oshirdi. Ularning yondashuvi shunday edi: «Biz «Arsenal»ni hurmat qilamiz, ammo ularga o‘ynash uchun bo‘sh hudud bermaymiz».
Jamoaning tashkillashuvi ajoyib edi. Bunday narsa o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Buning uchun bosh murabbiy Fabian Xyurselerga munosib baho berish kerak», — dedi Shirer.













