«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liganing «Sevilya»ga qarshi 3:1 hisobida yakunlangan uchrashuvida nega darvozaga Voysex Shesni emas, Dominik Livakovichni qo‘yganini tushuntirdi.
Avvalgi turda «Rasing»ga qarshi 7:2 hisobidagi bahsda jarohatlangan Joan Garsiyaning o‘rnini Shesni egallagan edi. O‘sha uchrashuvda polshalik darvozabon qo‘pol xato qilib, raqib gol urishiga sabab bo‘lgandi.
«Sevilya»ga qarshi bahsda esa Flik yangi darvozabon Dominik Livakovichga ishonch bildirdi.
«Ba’zan o‘z hissiyotingga ishonish kerak. Bugun Livakovich o‘ynashi kerakligini his qildim va uni maydonga tushirishga qaror qildik. Ammo bu Voysexga bo‘lgan ishonchimizni yo‘qotdik, degani emas», — dedi Flik.
«Sevilya»ga qarshi uchrashuv Livakovich uchun «Barselona» safidagi debyut o‘yini bo‘ldi. 31 yoshli xorvatiyalik darvozabon avgust oyi oxirida «Fenerbaxche»dan kataloniyaliklar safiga kelib qo‘shilgan edi.













