Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Lasio» yutdi, lekin Gattuzo birinchi bo‘limdan qattiq norozi

«Lasio» yutdi, lekin Gattuzo birinchi bo‘limdan qattiq norozi

Baho:
+ | -

«Lasio» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo A Seriyaning 5-turida «Venesiya» ustidan safarda 2:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan keyin jamoasining o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Agar tanaffusga 0:2 hisobida mag‘lub holda ketganimizda ham, bu birinchi bo‘limdagi voqealar rivojini to‘liq aks ettirgan bo‘lardi.

Biz noto‘g‘ri taktika tanladik. To‘p bilan o‘ynashga harakat qilganimizda doim markazga tortilib ketdik va to‘pni yo‘qotdik. Bundan tashqari, harakatlarimizda agressivlik yetishmadi.

Aytish mumkinki, bu «Lasio»da ishlayotganim davrdagi eng yomon birinchi bo‘limlardan biri bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa ancha to‘g‘ri harakat qildik», — dedi Gattuzo.

Qayd etish joiz, «Venesiya» joriy mavsumda o‘tkazgan barcha beshta uchrashuvida mag‘lub bo‘lgan.

Kiritildi: 03:33, 20.09.2026.
O'qildi: 764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик