Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Rays 27 yoshida Premyer-ligada 300 ta o‘yin chegarasiga yetdi

Rays 27 yoshida Premyer-ligada 300 ta o‘yin chegarasiga yetdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays Angliya Premyer-ligasidagi 300-uchrashuvini o‘tkazdi. U bu o‘yinlarning barchasini London klubi safida o‘tkazmagan — futbolchi avvalroq «Vest Xem» sharafini himoya qilgan.

Rays APLda 300 ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchilar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egalladi. U bu natijaga 27 yoshu 249 kunligida erishdi.

Undan avval Garet Berri 26 yoshu 323 kunligida, Frenk Lempard esa 27 yoshu 209 kunligida Premyer-ligada 300-o‘yinini o‘tkazgan. Lempard bu ko‘rsatkichga Raysdan atigi 40 kun yoshroq paytida yetib borgan.

Biroq Raysning yubiley uchrashuvi «Arsenal» uchun omadsiz yakunlandi — londonliklar «Brayton»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Kiritildi: 08:10, 20.09.2026.
O'qildi: 562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик