Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Tyuram «Roma» bilan o‘yindagi kambek haqida gapirdi

Tyuram «Roma» bilan o‘yindagi kambek haqida gapirdi

Baho:
+ | -

A Seriyaning 5-turida Milanning «Inter» klubi yana xarakter ko‘rsatdi. Kristian Kivu shogirdlari «Roma»ga qarshi bahsda 0:2 hisobida ortda borayotib, yakunda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi — 2:2.

Uchrashuvdan so‘ng «Inter» hujumchisi Markus Tyuram jamoasining o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Barchamiz «Roma» hozirgi paytda eng kuchli jamoalardan biri ekanini va mavsumni juda yaxshi boshlaganini bilardik. Biz o‘yinga to‘g‘ri yondashishni istagandik, ammo «Roma» birinchi bo‘limni fantastik darajada o‘tkazdi. Shundan so‘ng biz vaziyatga javob qaytarishimiz kerak edi va buni uddaladik», — deya Tyuram so‘zlarini forzaroma.info keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» Italiyaning amaldagi chempioni hisoblanadi. A Seriyaning keyingi turida milanliklar o‘z maydonida «Parma»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 08:16, 20.09.2026.
O'qildi: 639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик