«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu «neradzurri» afsonasi Sandro Massolaning vafoti munosabati bilan fikr bildirdi. Massola 19 sentyabr kuni Milanda 83 yoshida olamdan o‘tdi.
«Men butun futbol jamoatchiligi qatori ta’ziya bildiraman. Biz «Inter» va Italiya futbolining haqiqiy timsoli, buyuk afsonani yo‘qotdik. Fikrlarimiz uning oilasi bilan», — deya Kivu so‘zlarini Football Italia keltirmoqda.
Massola 1961 yildan 1977 yilgacha «Inter» sharafini himoya qilgan. U Italiya chempionatida 418 ta o‘yin o‘tkazib, 116 ta gol urgan. Futbolchi to‘rt marta Italiya chempioni bo‘lgan, ikki bor Yevropa chempionlar kubogini qo‘lga kiritgan va yana bir qator sovrinlarni yutib olgan.
Italiya terma jamoasi safida Massola 70 ta o‘yinda 22 ta gol urgan. U 1968 yilda Yevropa chempioni bo‘lgan, ikki yil o‘tib esa Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan.













