Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Kivu «Roma» bilan o‘yindagi kambek sirini ochmadi

Kivu «Roma» bilan o‘yindagi kambek sirini ochmadi

Baho:
+ | -

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu «Roma»ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida jamoasining harakatlariga baho berdi. A Seriya 5-turi doirasidagi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Milanliklar birinchi bo‘limdan so‘ng 0:2 hisobida ortda borayotgan edi.

«Men ikkinchi bo‘limdan boshlayman, chunki tanaffusda futbolchilarga o‘yinimiz haqida nima deb o‘ylayotganimni aytdim. Ammo o‘sha suhbatning mazmuni men bilan futbolchilar o‘rtasida qoladi. Bu mening haqiqiy fikrim edi va ishonchim komilki, ular ham buni tushunishadi», — dedi Kivu DAZN efirida.

«Bu tomoshabop o‘yin bo‘ldi. Menimcha, ikkinchi bo‘limda biz joriy mavsumda hozirgacha yetishmayotgan jihatlarni — ajoyib ruhiyat, xarakter va fidoyilikni namoyish etdik. Endi shu xususiyatlarni yanada rivojlantirishimiz kerak.

Birinchi bo‘limda bizga nima yetishmaganini hamma biladi. O‘yinda doimo ikki holat bor — to‘p bilan va to‘psiz. Biz to‘psiz harakat qilishda yaxshiroq o‘ynashimiz kerak», — deya qo‘shimcha qildi Kivu.

«Inter» hisobida 13 ochko bor. «Roma» ham shuncha ochko to‘plagan va ikki klub A Seriya turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Kiritildi: 08:42, 20.09.2026.
O'qildi: 601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик