Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Mourinyo «Atletiko»ga qarshi derbi uchun tayanch yarim himoyachilar juftligini tanladi

Mourinyo «Atletiko»ga qarshi derbi uchun tayanch yarim himoyachilar juftligini tanladi

Baho:
+ | -

Bugun Madridning «Real» klubi La Liganing 7-turi doirasida safarda «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi.

Madrid derbisi Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanadi. Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Joze Mourinyo maydon markazida Federiko Valverde va Orelyen Tchuameni juftligiga ishonch bildirishni rejalashtirmoqda.

Urugvaylik va fransuz futbolchisining «Atletiko»ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum oxirida Valverde va Tchuameni o‘rtasida kiyinish xonasida kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik har ikki futbolchi mushtlashuv bo‘lgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi, ammo ular o‘rtasida og‘zaki tortishuv bo‘lganini tasdiqladi.

«Real» 15 ochko bilan La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. 13 ochko jamg‘argan «Atletiko» esa to‘rtinchi pog‘onani egallab turibdi.

Kiritildi: 08:54, 20.09.2026.
O'qildi: 1229 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик