Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiyi Niko Kovach Bundesliganing 4-turida «Shtutgart» ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng uchrashuvdagi yagona gol muallifi Maksimilian Bayerni alohida ta’kidladi.
«Eng yaxshi hikoyalarni hayotning o‘zi yozadi. Maksi terma jamoaga chaqirilmadi, ammo bugun gol urdi. Bu oxir-oqibat tarkibimiz qanchalik kuchli ekanini ko‘rsatadi.
U istalgan pozisiyada o‘ynay oladi. Bugun esa u o‘z mehnati uchun mukofot oldi», — dedi Kovach.
Bundesliganing 4 ta turidan so‘ng «Borussiya» 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Dortmundliklar «Bavariya» va «Frayburg»dan ikki ochko oldinda.













