Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Rafinyada so‘nggi yillarda katta o‘sish kuzatilgan

Rafinyada so‘nggi yillarda katta o‘sish kuzatilgan

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Rodri Ernandes Rafinya Diasning yillar davomidagi o‘zgarishidan hayratda ekanini aytdi.

Braziliyalik futbolchi to‘rt yil avval «Lids»dan «Barselona»ga o‘ng qanot hujumchisi sifatida ko‘chib o‘tgan. Keyinchalik u chap qanotda ham o‘zini ko‘rsatdi va «o‘nlik» pozisiyasida sinab ko‘rildi. Joriy mavsumda esa markaziy hujumchi sifatida ajoyib natijadorlik namoyish etmoqda — sakkizta o‘yinda 14 ta gol va 3 ta golli uzatma.

«Rafinyaning “Lids”dagi holatini eslasam... Undagi o‘zgarish hayratlanarli. O‘shanda u o‘ng qanotda o‘ynar va chap oyog‘ida zarba berish uchun markazga siljirdi. Hozir esa haqiqiy hujumchiga aylangan: harakatlari bilan bo‘shliq yaratadi, himoyachilar ortiga yugurib chiqadi va raqib darvozasi oldida juda xavfli. Uning jismoniy holati ham ajoyib. Chap oyoqda ham, o‘ng oyoqda ham, bosh bilan ham gol ura oladi», — dedi Rodri.

Kiritildi: 09:28, 20.09.2026.
O'qildi: 667 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик